10 jan 10:05
Yangiliklar
Maurisio Suleyman: "WBC har doim Saul Alvaresni qo'llab-quvvatlaydi"
"Kanelo uchun Butunjahon boks kengashi eshiklari doimo ochiq bo'ladi. U reytingda birinchi o'rinni egallab turibdi, o'tgan yili mag'lubiyatga uchradi, tanaffus oldi, operaciya qilindi. Tez orada uni kelajakda nima kutayotganini bilib olamiz. SHubhasiz, u har doim WBC tomonidan qo'llab-quvvatlanadi", - dedi Sulayman.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilda Saul Alvares kubalik Uilyam Skullga qarshi o'tkazilgan yaqin jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. So'ngra hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalik Terens Kroufordga yutqazib, ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvonini yo'qotgandi.
Bir necha kun oldin "Kanelo"ning kubalik Osleys Iglesiasga qarshi chempionlik jangini o'tkazish imkoniyatidan voz kechgani malum bo'lgandi. Alvaresning qachon ringga qaytishi hozircha nomalum.

Fikrlar