07 noy 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev - dos Anos jangi uchun rasmiy poster + FOTO
UFC matbuot xizmati promoushenning "Instagram"dagi sahifasida UFC Fight Night 182 turniri uchun rasmiy posterni elon qildi.
Oqshomning markaziy jangida Islam Maxachev liganing sobiq chempioni Rafael dos Anosga qarshi oktagonga ko'tariladi. Poster markazidan Rossiya va braziliyalik jangchining surati joy olgan.
Poster uchun tagso'z ham tayyor: "Engil vazn toifasi kundan-kunga zo'r bo'lib borayapti".
Eslatib o'tamiz, Maxachev va dos Anos aslida 24 oktyabr kuni UFC 254 turniri doirasida jang o'tkazishlari kerak edi. Lekin braziliyalikda koronavirus aniqlangani bois Xabib - Getji oqshomidagi ushbu jang bekor qilingandi.
Havola :
Fikrlar