07 jan 16:01
Yangiliklar
Maxachev kelgusida yarimo'rta vaznga o'tishi mumkin
AKA zali asoschisi va engil vazn toifasi (- 70 kg)da UFC chempioni Islam Maxachev (23-1)ning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining kelgusida yarimo'rta vaznga o'tish niyati borligini aytdi.
"Xabib Nurmagomedovdan farqli o'laroq, Maxachev chindan bu haqda o'ylaydi. Islam menga qachondir yarim o'rta vazn toifasiga o'tishni xohlayotganini aytgan edi, lekin u birinchi navbatda engil vaznni "tozalamoqchi". U chempionlik kamarini hammadan ko'ra ko'proq himoya qilishni istaydi", - dedi Mendes The Schmo YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Islam Maxachevning engil vazndagi chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadigan chempionlik jangi 11 fevral kuni Avstraliyaning Pert shahrida, UFC 284 musobaqasi doirasida o'tkaziladi. Bu Islam Maxachev uchun ilk himoya jangi bo'ladi.
Fikrlar