04 sen 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev murabbiyi Islamning Maddalenaga qarshi jangdagi asosiy ustunligini aytdi. Bu kurash emas!
Dunyoga mashhur AKA zali asoschisi Xaver Mendes shogirdi Islam Maxachevning yarimo'rta vaznda UFC chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi kechadigan jangdagi eng katta ustunligi haqida gapirdi.
"Maddalena bilan jangda Maxachevning eng katta ustunligi uning aql bovar qilmas kuchida. U favqulodda kuchli. Men shug'ullantirgan engil vaznli sportchilar orasida eng kuchlisi aynan Islam. Ulardan birortasi Maxachevchalik kuchli bo'lganini eslay olmayman. U shunchaki raqobatdan holi. Mening barcha shogirdlarimdan boshqalardan ko'ra gavdaliroq raqiblarga qarshi tura oladigani ham aynan Islam hisoblanadi", - deya Mendesning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar