18 iyu 16:24
Yangiliklar
Boks/MMA

"Maxachev nafaqaga chiqish haqida o'ylamayapti" - menejer
Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz sportchining uchta jangdan so'ng sportni tark etishi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
"Maxachev nafaqaga chiqish haqida o'ylamayapti. U yana kamida uch yil yuqori darajada jang qilishni rejalashtirmoqda", — deb yozdi Abdel-Aziz o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq murabbiy Xaver Mendes Maxachev yana uchta jang o'tkazib, faoliyatini yakunlashini aytgandi.
Havola :
Fikrlar