14 jan 15:03
Yangiliklar
Maxachev: "Oq uyda jang qilishni istardim, ammo..."
Lekin sportchi jamoasi bu g'oyani maqullamayotganini aytdi.
"Oq uyda katta turnir bo'ladi. Bu tashkilot tarixidagi eng katta yoki eng yirik turnirlardan biri. U erda jang qilishni istardim, lekin jamoa bu g'oyamni unchalik maqullamayapti. Xabib bilan o'tirib, buni yana muhokama qilishimiz kerak. U bir intervyuda mening u erda jang qilishimni istamasligini aytgandi.
Nima uchun? Bilmayman. Balki sana to'g'ri kelmayotgandir. Biz hali buni muhokama qilmadik. Menimcha, tarix uchun bu erda jang qilish juda zo'r bo'lardi. Bu birinchi va oxirgi marta bo'lishi mumkin.
Albatta, UFC mening ishtirokimdan manfaatdor. Ammo u erda yana etti yoki sakkizta chempionlik jangi bo'ladi. Men uchun bu sana juda qulay — Ramazondan keyingi davrga to'g'ri keladi", — dedi Maxachev "Match TV" efirida.
Fikrlar