14 iyu 14:53
Yangiliklar
Maxachev Oq uydagi UFC turnirining eng qiziqarli jangini aytdi
Ahamiyati jihatidan turnirning ikkinchi jangi og'ir vazn toifasida Siril Gan va Aleks Pereyra o'rtasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi. Aynan mana shu to'qnashuvni Islam UFC Freedom 250 turnirining eng qiziqarli kechishi kutilayotgan jangi deb ko'rmoqda.
"Men Pereyra-Ganning jangini ko'rgan bo'lardim. Bu qiziq. Sirilning ikkita varianti bor - agar u qo'rqmasdan jang qilsa, ijobiy natijaga erishadi. Lekin psixologik jihatdan moslasha olmasa, natija aksi bo'lishi mumkin. Biz ham shunday holatlarni ko'rganmiz. Agar Siril tayyor bo'lsa, u masofada tajribali zarbdor kabi xotirjamlik bilan Pereyrani mag'lub etadi. Ammo Pereyra ham harakat qilyapti - bir zarba va u hammasini yopib qo'yishi mumkin. SHuning uchun bu jang menga uslubiy jihatdan qiziqarli. Gan uni masofada ushlab tura oladimi?", – dedi rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Adam Zubayraevga bergan intervyusida.

Fikrlar