27 okt 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev: "SHunday insonga qiyoslanganimdan xursandman"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev o'zini ko'pincha Xabib Nurmagomedov bilan taqqoslashlariga munosabat bildirdi.
"Bu juda uzoq va katta tayyorgarlik bo'lgan edi. Mashg'ulotlardan kamida ikki hafta dam olishni rejalashtirdim.
Yillar davomida qilgan barcha ishlarim va bolaligimdanoq mashq qila boshlaganim shunchaki emasligini his qildim. Maqsadimga va intilgan narsamga erishdim.
Xabib? Biz doim birga shug'ullanganmiz, murabbiyimiz bitta. SHuning uchun bizni tez-tez taqqoslashadi. Men doim intervyularimda aytaman — men shunday insonga qiyoslanganimdan xursandman. Xabib — buyuk chempion. Uning juda yaxshi va uzoq davom etgan karerasi bor edi. Men ham shunday bo'lmoqchiman", - deya Maxachevning so'zlarini keltiradi REN TV.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar