11 mar 10:15
Yangiliklar
Maxachev Topuriya bilan amalga oshmay qolgan jang haqida gapirdi
"Bu erda kim qo'rqoqlik qilganini ikkalamiz ham bilamiz. Qo'rqoqligingni yovuz tvitlar bilan yashirishing mumkin, lekin havotir olma - bir kun kelib o'zing so'ragan narsangni olasan! Va sening semiz menejering men bilan mushtlashishi uchun milliardlab pul talab qilishi shart emas - biz buni bepul amalga oshiramiz", - deb yozdi rossiyalik chempion ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Topuriyaning aytishicha, Maxachev tadbir rasman elon qilinishidan bir kun oldin jarohati sabab jangdan voz kechgan, ammo UFC rahbari Dana Uaytning takidlashicha, ushbu jang 14 iyun kuni bo'lib o'tadigan bayram tadbiri kardida tasdiqlanmagan.
Natijada shouning asosiy jangi engil vazn toifasida Iliya Topuriya va Jastin Getji o'rtasidagi birlashtiruvchi jang deb elon qilindi. Turnirning ikkinchi muhim jangi esa og'ir vazn toifasida UFC vaqtinchalik kamari uchun Aleks Pereyra va Siril Gan o'rtasida bo'lib o'tadi.

Fikrlar