12 fev 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Topuriya bilan jang haqida: "Oq uydagi turnirda bo'ladimi yoki boshqa paytda - men tayyorman"
Yarim o'rta vazn toifasida rossiyalik amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev engil vazndagi kamar sohibi, Ispaniya vakili Iliya Topuriya bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Menga bu g'oya yoqdi. Agar UFC xohlasa, men tayyorman. Ramazon oyi davomida men shug'ullanmayman, keyin esa mashg'ulotlar lagerimni qayta yo'lga qo'yib, jangga tayyor bo'laman. Oq uydagi turnirda bo'ladimi yoki boshqa paytda — men tayyorman", deydi Maxachev Telegraf Sport nashri bilan suhbatda.
Havola :
Manba : Telegraf Sport
Fikrlar