26 apr 14:23
Yangiliklar
Boks/MMA

"Maxachev - UFC tarixidagi eng universal chempion" - Abdel-Aziz
Mashhur menedjer Ali Abdel-Aziz, UFC engil vazn toifasining amaldagi chempioni Islam Maxachev haqida fikr bildirdi.
"Hammaga eslatib o'tmoqchiman: Maxachev UFCda 16 ta g'alabaga erishgan va 15 ta ketma-ket g'alabasi bor. Oxirgi sakkiz raqibini muddatdan avval mag'lub etgan. U UFC tarixidagi eng faol chempionlardan biri. Bir hafta yoki hatto bir kun oldin ham jang qilish uchun tayyor turadi.
Volkanovski ustidan g'alaba qozonganida, bazilar uning raqibi juda kichik deb bahona qilgandi. Agar kimdir Islam barchaga qarshi jang qilmayapti deydigan bo'lsa, u aqldan ozgan bo'ladi. Islam — UFC tarixidagi eng universal chempion. Bu nomga hurmat ko'rsating", — deb yozdi Ali Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar