08 mar 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev va Topuriya jangini Oq uyda o'tkazish mumkin edi, ammo...
Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasidagi UFC yarimo'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi Oq uyda o'tkazilishi mumkin edi.
Bu haqda «Vestnik MMA» telegram-kanali xabar berdi.
Manba malumotiga ko'ra, jangchilardan biri chempionlik jangi uchun shartnomani allaqachon imzolagan va raqibidan ham imzo kutgan. Biroq ikkinchi jangchi kelishuvga qo'l qo'ygan-qo'ymaganini tasdiqlashning iloji bo'lmagan.
Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt Oq uydagi turnir kardidagi juda yirik janglardan biri bekor bo'lganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : Вестник ММА
Fikrlar