18 avg 13:27
Yangiliklar
Maxachev Xolloueyga javob qaytardi: "Buni sen tushunishing qiyin"
Xollouey rossiyalik chempionning omma oldida ikkita kamar bilan ko'rinish berayotganidan hayronligini bildirgan edi, vaholanki, u faqat yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni hisoblanadi. Islam engil vazndagi chempionlik kamaridan esa o'tgan yili voz kechgan.
"Bilmadim, birodar. Hatto ularni shunchaki ushlab turishning o'zi ham juda qiyin. Lekin buni sen tushunishining, senga tushuntirishim qiyin, uzr", – deb yozdi rossiyalik sportchi amerikalik jangchining so'zlariga izoh berar ekan.
Yakshanba kuni Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirida Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini ilk bor muvaffaqiyatli himoya qildi. U besh raund yakunlariga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan irlandiyalik Yen Machado Gerrini mag'lub etgandi.
Ketma-ket o'n ettinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Maxachev UFC tarixidagi eng uzun g'alabali seriya bo'yicha yangi rekord o'rnatdi va afsonaviy braziliyalik Anderson Silvaning 13 yil davomida saqlanib kelgan avvalgi rekordini yangiladi.

Fikrlar