17 may 07:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev yangi UFC chempioni Oliveyraga murojaat qildi
Rossiyalik engil vazn toifasi jangchisi Islam Maxachev yangi UFC chempioni CHarlz Oliveyraning kechagi g'alabasiga o'z munosabatini bildirdi.
Oliveyra Xyuston shahrida o'tgan UFC 262 turnirining markaziy jangida amerikalik Maykl CHendlerni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratib, Xabib Nurmagomedovdan vakant qolgan chempionlik kamarining yangi sohibiga aylangan edi.
"Tabriklayman, CHarlz Oliveyra! Bu kamarni men uchun saqlab qo'y! Tez orada ko'rishamiz", - deya o'zining Tvitter sahifasida braziliyalik yangi chempionga murojaat qoldirgan Maxachev.
Takidlash joiz, Islam Maxachev CHendler - Oliveyra jangiga o'z taxminini bildirgan va unda braziliyalik muddatidan avval g'alaba qozonishini aytgandi. Reytingda 10-o'rinni egallab turgan Islam 17 iyul kuni Oliveyraning vatandoshi Tiago Moyzesga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar