24 okt 18:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev yarim o'rta vaznga o'tish haqida: "Boshqa vaznda mag'lub bo'lish daxshatli voqea emas"
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islam Maxachev 70 kilogramm vazndagi barcha raqiblarini mag'lub etsa, yarim o'rta vaznga o'tish haqida o'ylashini aytdi.
SHuningdek, rossiyalik boshqa vazn toifasida mag'lub bo'lish qo'rquvidan ko'ra musobaqada qatnashish istagi ustun ekanini takidladi.
"Men raqobatlashishni yaxshi ko'raman. Agar men o'z vaznimda dominantlik qilsam, boshqa vaznga o'tishga nega harakat qilmasligim kerak?
Boshqa vaznda mag'lub bo'lish dahshatli voqea emas. CHunki bu ish allaqachon o'z divizionida hammani yo'q qilgan Volkanovskiy tomonidan amalga oshirilgan va endi u 70 kgga o'tishni xohlaydi. Agar u muvaffaqiyatga erishsa, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lsa, Cent-Per va BJ Penn kabi tarixga kiradi. Ular uzoq vaqt esda qoladi", - dedi Maxachev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar