04 dek 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachevga jang taklif qilindi, Xabib buni taqiqladi
UFC’ning yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni rossiyalik Islam Maxachevga yanvar oyida AQSHda jang o'tkazish taklifi berildi.
Bu haqda 34 yoshli aralash yakkakurash ustasining menejeri Ali Abdel-Azizning malum qilishicha, uning mijozidan keyingi jangini SHimoliy Amerika ligasida yanvar oyida o'tkazishni so'rashgan.
"UFC’dan menga murojaat qilishdi va Maxachevga yanvar oyidagi asosiy jangni taklif etishdi. Xabib: "Ovozingni o'chir. Yo'q!", - dedi Maxachev YouTube’dagi MMAJunkie kanaliga bergan intervyusida.
Hozirda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Islam hisobida 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar