15 may 14:59
Yangiliklar

Maxachevning menejeri Della Maddalenaga qarshi jang manzilini aytdi
Yarimengil vazn kamari uchun o'zining engil vazn chempionligidan vaqtinchalik voz kechgan Islam Maxachev navbatdagi jangini Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazadi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining menejeri Ali Abdel-Aziz ushbu jang qaerda o'tkazilishi haqida berilgan savolga javob berdi.
"Yo'q, bu jang Avstraliyaning Pert shahrida o'tkazilmaydi. Bu jangning maqomi shunchalik balandki, shubhasiz Nyu-York yoki Las-Vegasda tashkil etilishi lozim. SHuningdek, mezbonlik uchun Abi-Dabi shahrida ham imkoniyat bor. Lekin aniq aytaman, jang Avstraliyada o'tkazilmaydi", – dedi Abdel-Aziz Submission Radio kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar