15 mar 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachevning murabbiyi nima uchun Topuriya bilan jang tashkil qilinmaganini aytdi
Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes nima uchun Iliya Topuriyaga qarshi jang tashkil qilinmaganini tushuntirdi.
"Topuriya menejerlarining gaplarini eshiting. Ular avval Islam bilan jang uchun berilayotgan pul etarli emasligini aytib bosh tortishdi, keyin esa qaytib yana jangni so'rashdi. Bu avval pul sababli rad etganlaridan keyin bo'ldi. Keyin esa yana ham katta summa talab qilishdi va shuning uchun UFC ularga rad javobini berdi. Menimcha, UFC bu qarorni aynan menejerlar sabab qabul qildi.
SHu bilan birga, biz tomondan nima deyilganini bilmayman, chunki bunga menejerlar javobgar. Men jang rasman belgilanganda xabar topaman. SHaxsan menga Islam kim bilan jang qilishining farq yo'q. U eng yaxshisi va yarimo'rta vaznda istalgan raqibni mag'lub eta oladi", — dedi Mendes.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar