27 jan 17:53
Yangiliklar
Mayk Tayson boksdagi faoliyati haqida bayonot berdi
Og'ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson ringga qaytishi ehtimoli haqida gapirdi.
"Men Roy Jons bilan jang uchun pulning katta qismini oldim, lekin nimadir kechikdi. Bu haqda hatto hech narsa deya olmayman. Bu haqiqatan ham murakkab. Jeyk Pol bilan jangga kelsak, bu meni hatto qiziqtirmaydi ham. Agar hammasi boshidagidek bo'lsa, ehtimol men u bilan jang qilarman, lekin hozir hammasi noto'g'ri bo'lib ketdi.
Keyinchalik nima bo'lishini bilmayman, lekin men boshqa hech qachon jang qilmayman deb o'ylayman. Ko'p yigitlar men bilan jang qilmoqchi va ular 100 million dollar to'lashlarini aytishmoqda.
SHunga qaramay, men bu ishni qayta qilishimga shubha qilaman. Men faqat o'yin-kulgi uchun, dam olish uchun Jons bilan jang qilmoqchi edim. Bazi odamlar buni boshqa darajaga ko'tarishdi va zavq yo'qoldi", - dedi Tayson Boxing Scene nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar