22 fev 14:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson faoliyatidagi eng qiyin raqibi kim bo'lganini aytdi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Mayk Tayson faoliyatidagi eng qiyin raqib haqida gapirdi.
"Men buni Pinklon Tomas deb o'ylayman, u mening eng qiyin raqibim edi. Bu haqda oldin o'ylamaganman, lekin ikki yil oldin jangning yozib olingan videosini ko'rgandim – bir do'stim buni menga tavsiya qilgandi.
O'sha jangda men uning yuziga o'n etti marta urdim, u yiqildi, lekin buning uchun o'n ettita zarba kerak bo'ldi. O'n etti zarba, toza, har biri iloji boricha kuchli edi. U faqat oxirgi zarbadan keyin hushini yo'qotdi. Bu mening eng qiyin jangim edi, deb o'yladim", deydi Tayson.
Havola :
Manba : GiveMeSport
Fikrlar