16 mar 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson Floyd Meyvezerga qarshi jang tafsilotlarini aytdi
Boks afsonasi Mayk Tayson Floyd Meyvezer bilan bo'lib o'tadigan boks jangi tafsilotlari haqida gapirdi.
"Ey, eshiting! Jang bo'yicha shartnoma allaqachon imzolangan, jang Afrikada bo'lib o'tadi. Menimcha, u 25 aprel kuni oraliq vaznda o'tkaziladi va sakkiz raunddan iborat bo'ladi.
Bu juda qiziq bo'ladi, men uni sabrsizlik bilan kutyapman. Men u erda avval ham bo'lganman [Kongoda]. Biz Floyd bilan aynan Muhammad Ali va Jorj Forman jang qilgan ringda to'qnash kelamiz", — dedi Tayson.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar