18 noy 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson: "Iyun oyida deyarli o'lib bo'lgandim"
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, amerikalik Mayk Tayson bloger Jeyk Pol bilan jangdagi mag'lubiyatini izohladi.
"Bu shunday holat-ki, siz mag'lub bo'lganingizda ham o'zingizni g'olibdek his qilasiz. Jang uchun minnatdorman. Men oxirgi marta ringga chiqqanimdan afsuslanmayman.
Iyun oyida deyarli o'lib bo'lgandim. Menga sakkiz marta qon quyishdi, qonimning yarmini yo'qotgandim va ikki oy kasalxonada yotdim. Yaxshilanish uchun ko'p harakat qilishim kerak edi.
Bolalarim gavjum stadionda yarim yoshimga teng iqtidorli jangchiga qarshi kurashayotganimni ko'rishidan faxrlanaman. Hech kim bunday tajribani so'ramasligi kerak. Rahmat", deb yozdi Tayson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar