19 jan 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson Jeyk Pol bilan jang haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
55 yoshli amerikalik afsonaviy bokschi Mayk Tayson 25 yoshli janjalkash bloger-bokschi Jek Pol bilan ehtimoliy jang haqida paydo bo'lgan malumotlar haqida fikr bildirdi.
"Jek bilan jang? Men uchun yangilik. Men Jekni Sent-Bartda ko'rdim, u bu haqda gapirmadi", — deyiladi Taysonning tvitterdagi postida.
Eslatib o'tamiz, 17 yanvar sanasida Britaniyaning The Sun nashri Mayk Tayson va Jek Pol 50 mln dollarlik og'zaki kelishivga erishgani haqida xabar berdi. Taysonning biznes hamkori bo'lgan manbalardan biri jang Las-Vegasda to'lov asosida o'tkazilishini tasdiqladi.
Havola :
Manba : BoxingNews 24
Fikrlar