27 dek 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson Jeyk Pol bilan jangdan keyin depressiya holatiga tushgani haqida gapirdi
Afsonaviy Mayk Tayson noyabr oyida o'tkazilgan boks oqshomida Jeyk Polga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Temir Mayk oradan bir oy o'tib, yana o'sha jangni esladi.
"Bu jang menga baland toqqa chiqishni eslatdi. Biz eng yuqori cho'qqiga ko'tarildik va bundan zavqlandik. Keyin esa - bum!
Jang o'tdi, endi odatiy hayotga qaytish kerak. Men hatto kichik depressiya holatiga ham tushdim. Hozir yana oddiy hayotda yashayapman. Axir bu qaytish uchun 9 oy tayyorgarlik ko'rgandim", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : Boxing 247
Fikrlar