12 noy 19:23
Yangiliklar
Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi! Jang atrofidagi detallar va tafsilotlar bilan yaqindan tanishing
58 yoshli Tayson va 27 yoshli Pol o'rtasidagi katta yosh farqiga qaramay, Texas shtatining Sport komissiyasi ushbu uchrashuvni rasmiy professional boks jangi deya tasdiqladi. 15 noyabrda sobiq og'ir vazn bo'yicha jahon chempioni Mayk Tayson 2005 yilda karerasini tugatganidan so'ng deyarli yigirma yil o'tib, ringga qaytadi. Bu afsonaviy bokschining 59-professional uchrashuvi bo'ladi. Hatto salomatlikdagi muammolar ham Taysonni 2024 yilning eng katta sport tadbirlaridan biri bo'lib o'tadigan jangga qaytishdan to'xtatolmadi.
Jangning tarixi va birinchi elon
O'tgan yilning oxirida dunyoning eng yirik striming xizmatlaridan biri bo'lgan Netflix Jeyk Pol bilan uning bokschi uchrashuvlarini translyaciya qilishni muhokama qila boshladi. Netflix ilgari o'z foydalanuvchilariga sport translyaciyalarini taklif qilmagan edi va ehtimol, shuning uchun ular Mayk Tayson bilan jangni elon qilishni qaror qilishdi. Mayk o'zining eng yaxshi yillarida nafaqat boks, balki sport dunyosida ham mashhur bo'lgan shaxs edi.
7 martda Netflix va Jeyk Polning Most Valubale Promotions promouterlik kompaniyasi Tayson bilan jangni elon qildi. Jang 20 iyulda AQSHning Arlington shahridagi 80 ming o'rinli AT&T Stadiumda bo'lib o'tishi kerak edi.
Temir Mayk bu haqda shunday dedi: "Men hech qanday ikkilanmasdan qaror qildim, – dedi bokschi jangga tayyorgarlik haqida. – U yangi boshlovchi, katta sahnaga kirib kelgan. Men boksni poydevoridan titratmoqchiman. Va men aynan hozir buni amalga oshirish arafasidaman”. Tayson jangga nisbatan o'z fikrini davom ettirib, "U menga qarshi ringga chiqqanda, unga hayoti shu jangga bog'liqdek kurashishiga to'g'ri keladi. CHunki shunday bo'ladi," dedi afsona.
Ko'pchilikning fikricha, bu sakkiz raundli uchrashuv namoyish maqsadida bo'lishi kerak edi, ammo aprel oyida tashkilotchilar Texas shtatida boks kechasini o'tkazish uchun ruxsat olishga kirishdi va aprel oxirida SHtatning licenziyalash va tartibga solish departamenti jangni rasmiy professional boks jangi bo'lishi uchun tasdiqladi.
Jeyk Pol esa shunday dedi: "Mayk bu jangni rasmiy jang bo'lishini xohladi. U jang qilishni istaydi hamda men bu hislatni hurmat qilaman. Uni bu jangga rozilik berishiga va meni engishga tayyorligiga hurmat bilan qarayman. Bu barcha professional bokschilar xohlagan narsa. Agar Mayk buni amalga oshirsa, u qahramon bo'ladi”.
"Men barchaga Taysonni engishga qodir ekanligimni ko'rsatmoqchiman, ularning hammasi noto'g'ri fikrda ekanligini isbotlashni xohlayman va aynan buni amalga oshiraman, deb qo'shimcha qiladi Pol. – Men Maykka kim kuchliroq ekanligini ko'rsatib beraman, chunki u meni past baholaydi, lekin men kuchliroqligimni isbotlamoqchiman”.
Taysoning kasalligi va jangning kechiktirilishi
26 mayda ommaviy axborot vositalarida Mayk Tayson Los-Anjelesda samolyotda Mayami shahridan kelganida tez yordam bilan kasalxonaga yotqizilganligi haqida xabarlar paydo bo'ldi. Ammo bokschining vakillari uning salomatligi yaxshiligi va bu faqat oshqozon yarasi hujumi bo'lganligini, samolyotdan qo'nishdan yarim soat oldin yuzaga kelganini malum qildilar.
SHifokorlar 57 yoshli Taysonga jismoniy yuklamalardan saqlanishni qatiyan tavsiya qildilar, bu esa jangning rasmiy professional boks jangiga aylanishiga nisbatan savollarni keltirib chiqardi. Texasning sport idoralari 57 yoshli sobiq chempionning sog'lig'ini yanada diqqat bilan tekshirishi va hatto jangni bekor qilishni o'ylab ko'rishi kerakligi haqida ham fikrlar bo'ldi.
Biroq, 7 iyunda jangning 15 noyabrga ko'chirilgani elon qilindi. Jeyk Pol esa 20 iyulda aralash jang sanati (MMA) bo'yicha mashhur jangchi Mayk Perriga qarshi jang o'tkazib, uni oltinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
“Men buni qilishimning sababi, bunga qodirman, dedi Tayson jang kechiktirilganidan so'ng. — Mendan boshqa kim bu ishni qila oladi? Kim yana bunday jang o'tkazishi mumkin? Bloger eng buyuk bokschiga qarshi jang qilmoqda. U yaxshi kichik bokschi, lekin faqat 10 ta jang o'tkazdi. Bizning ishimizda bundaylar debyutant deb hisoblanadi”.
Taysoning so'zlariga ko'ra, u har kuni sakkiz raund sparring qiladi va unga motivaciya berayotgan narsa shundaki, eski yillarda o'zini ringda ko'rish uchun butun futbol stadioni to'plangan bo'lardi.
“58 yoshimda eng katta arenada jang qilaman va u sold out bo'ladi, yana kim buni qila oladi? Bu shuni anglatadiki, men yaxshiroq chiqish qilishim kerak. Bu ilhomlantiradi”, deydi Temir Mayk. Ammo Jeyk Pol ringda Mayk Taysoning sobiq shafqatsizligini kutishdan qo'rqmaydi.
“Men bu eski “kaltakchi”ga shartnoma taklif qildim. Biz Netflix bilan shartnoma tuzdik va unga taklif berdim, dedi Pol. — Xush kelibsan, o'g'lim. Men seni o'g'lim kabi jazolayman. Bu "kimdan boshqa" hikoyasini tugat. Biz senga shu shartnomani berdik. Buni unutma”.
“Bu erda men o'zimga qarshi chaqiriq qo'yyapman. U yovuz, u "qotil", men bularning hammasini bilaman. U bitta urish bilan nokaut qilishga qodir. Eng buyuk og'ir vaznli bokschi. Ammo 15 noyabrda men barcha tanqidchilarni, bularning hammasini "bloger" degan gaplar bilan, rad etaman. Men doimo shunday qilib kelyapman”, dedi Jeyk Pol.
5 million dollarlik pari
Jang oldidan Jeyk yana o'zining mashhur usuliga murojaat qilib, Mayk Taysonga pari taklif qildi, uning shartlaridan biri — agar u mag'lub bo'lsa, “Men Jeyk Polni sevaman” degan so'zlar bilan tatuirovka qilish.
“Mayk, agar sen menga qarshi to'rt raunddan ko'proq vaqt turib bera olsang, men senga qo'shimcha 5 million dollar beraman, — deydi Pol ijtimoiy tarmoqlarda elon qilgan videoda. — Ammo agar chiday olmasang, sen "Men Jeyk Polni sevaman" degan tatuirovka qilishing kerak. Kelishdikmi?”
Jang tafsilotlari va qoidalar
Mayk Tayson va Jeyk Pol o'rtasidagi jang rasmiy professional jang bo'ladi va 8 raund davom etadi. Har raundda ikki daqiqa bo'ladi (odatiy uch daqiqalik o'rniga) va natijalar bokschilarning jang rekordiga kiradi. SHuningdek, bokschilar xavfsizlikni oshirish maqsadida 14 unciyalik qo'lqoplar kiyishadi, chunki yoshdagi farq juda katta.
Uchrashuv 15 noyabrda AQSHning Arlington shahridagi AT&T Stadiumda o'tkaziladi. Ushbu stadion 80 000 kishiga mo'ljallangan va imkon bo'lsa, 100 000 kishiga kengaytirilishi ham mumkin. Bu stadionda ilgari ham katta boks oqshomlari o'tkazilgan. Arlingtonda Errol Spens, Menni Pakyao va Saul Alvarez jang qilgan.
Jang bo'ylab jadvallar birinchi marta Netflix striming xizmati orqali qo'shimcha to'lovsiz tomoshabinlarga taqdim etiladi. Jangning to'g'ridan-to'g'ri translyaciyasi 16 noyabr kuni Toshkeni vaqti bilan soat 10:00da boshlanadi.
Mayk Tayson va Jeyk Polning jangga bo'lgan prognozlari
Lennoks Lyuis, sabiq mutlaq jahon chempioni va Mayk Taysonning sobiq raqibi:
“Bu yoshda boks qilish, ringda harakatlanish, urshish va o'zaro zarba berish qiyin, lekin menimcha, u buni uddalay oladi. Men o'ylaymanki, Jeyk Polga qiyinchiliklar tug'iladi, chunki Mayk Tayson korpus va boshga yaxshi zarba bera oladi. Ringda buni amalga oshira oladimi, ko'ramiz. Unga umidim bor. Mayk Tayson ringni kesib o'tadi va zarba beradi, shunday qilib Jeyk Polga etib bora oladi. Men ishonamanki, Pol ringda harakatchan bo'ladi. U aniq Taysondan zarba qabul qilmaslik uchun turib qolmaydi. Men bu jangda bo'laman va bu qiziq bo'ladi”, deydi bokschi.
Roy Jons, sobiq mutlaq jahon chempioni:
“SHaxsan men Maykning g'alabasini qo'llab-quvvatlayman va uni sudyalarning qarori bilan g'alaba qozonishini o'ylayman. Agar uning nokaut qilish imkoniyati bo'lsa, u buni amalga oshira oladi. Agar ufaqat jangdan xursand bo'lishni istasa, u barcha raundlarni o'tkazadi”.
Amerikanlik promouter Bob Arum:
«58 yoshdagilar, ular qanday yaxshi va atletik bo'lmasin, boks qilishi qiyin. Ularning zarbalar berish qobilyati ilgari kabi bo'lmaydi. Unga zarar etmasligini umid qilaman, lekin men uning imkoniyatlariga ishonmayman. Yoshlikdagi mushak xotirasi vaqt o'tgach, yo'qoladi».
Eks-chempion va Mayk Taysonning sobiq raqibi, Jeyms «Baster» Duglas:
«Jek uchun bu jang yomon tugaydi. Bu jangdan keyin uning boks karerasi davom etmaydi deb o'ylayman. Mayk uni enggandan so'ng uning boks karerasi tugagan bo'ladi. Pol uchun eng yaxshi natija – oxirgi raundgacha borish, shuning bilan Mayk Taysonga qarshi butun jangni o'tkazganini maqtanib aytishi mumkin».
SHu bilan birga, Mayk Tayson va Jek Pol orasidagi jang nafaqat sport voqeasi, balki shunchaki spektakl bo'lishi mumkin, deb ko'pchilik aytmoqda. Karl Froch, boksning tanqidchisi va Pol haqidagi shubhalari bilan tanilgan eks-chempion, shunday deb aytdi:
«Menimcha, bu rejalashtirilgan jang bo'ladi va u uch-to'rt raund davom etadi. Pol aniq g'alaba qozonadi. Tayson yaxshi boshlashi mumkin, lekin keyin u qulaydi, deydi Froch.
Mayk Tayson va Jek Polning gonorari
Rәsmiy ravishda, jang tashkilotchilari Most Valuable Promotions kompaniyasi tomonidan, bokschilar uchun 15 noyabrga belgilangan jangdagi gonorarni elon qilmagan, lekin bu borada faqat Polning o'zi tasdiqladi. Bir press-konferenciyada u 40 million dollar ishlab topishini va afsonani nokaut qilishiga ishonganini aytdi.
Pol uchun katta daromadlar bu allaqachon odatiy holatga aylangan. 2018 yilda, boks karerasidan oldin, Forbes uning YouTube kanali orqali olingan daromadini 20 million dollar deb baholagan edi. 2021 yilda esa, u Forbes reytingida 45 million dollar bilan ikkinchi o'rinni egalladi, bu borada faqatgina MrBeastdan ortda edi. Bu 40 million dollarning ko'pini esa u boks ringida ishlab topgan.
2022 yilda Jek Pol 37 million dollar daromadi bilan dunyoning eng ko'p maosh oluvchi sportchilaridan biri bo'lib, 46-o'rinni egalladi.
2024 yilda Forbes inflyuenserlar reytingida Pol 13-o'rinni egallagan va uning daromadi 13,6 million dollarga etgan. SHuningdek, Polning YouTube va boksdan tashqari, erkaklar uchun parfyum va gigiena vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, bukmekerlik dasturi va promouterlik kompaniyasi mavjud. Mayk Taysonning ehtimoliy gonorari 20 million dollar atrofida baholangan. Bu summani ESPN bilan intervyuda jangning boshlovchisi malum qilgan, ammo Taysonning o'zi buni tasdiqlamagan.
SHuningdek, bokschilar jangdan olingan 80 million dollar daromadni teng taqsimlashlari ehtimoli bor.
Tayson, shu bilan birga, ushbu jangda gonorarning asosiy masala emasligini aytib o'tdi, chunki u o'zining kannabis mahsulotlarini ishlab chiqarish fermerligi orqali muntazam daromad qiladi. 2023 yilda Forbes uning fermerligidan olingan daromadni 150 million dollar deb baholagan.
Habib Jo'raboev tarjimasi
Fikrlar