22 jan 08:55
Yangiliklar
Mayk Tayson: "Menga qarshi jang Meyvezer uchun nokaut bilan yakunlanadi"
"Floydning o'zi bu jangni xohlagandi, ammo uning uchun barchasi nokaut bilan yakunlanadiganga o'xshaydi. Bunday jang uning ilgari qilgan barcha ishlarini soyada qoldiradi va boksni yangi bosqichga olib chiqadi. Hozir juda yaxshi holatdaman, o'tgan jangdan xulosa chiqarib, xotirjam bo'ldim. Keyingi jangda yaxshiroq harakat qilishimni his etyapman", - dedi Temir Mayk.
Eslatib o'tamiz, 2024 yil noyabr oyida Tayson amerikalik bloger Jeyk Polga sakkiz raundlik jangda mag'lub bo'lgandi. SHu yil 30 iyun kuni Mayk 60 yoshga to'ladi. 48 yoshli kichik Floyd Meyvezer esa so'nggi jangini 2024 yilning avgustida Jon Gotti III ga qarshi o'tkazgan. Bu ko'rgazmali jang maqomida bo'lib, unda g'olib rasman elon qilinmagan edi. Meyvezerning vazni o'shanda 72 kilogrammni tashkil etlgandi.
Mayk Tayson - Floyd Meyvezer ko'rgazmali jangi mart oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Uni Afrika davlatlaridan biri qabul qilishi mumkin.

Fikrlar