17 noy 11:23
Yangiliklar

Mayk Tayson - Roy Jons: "Afsonalar to'qnashuvi"ning to'liq kardi
Ushbu professional boks oqshomining markaziy jangida afsonaviy jahon chempionlari Mayk Tayson hamda Roy Jons o'zaro ringda to'qnash kelishadi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang g'olibi maxsus kamarga ega bo'ladi.
Mayk Tayson - Roy Jons oqshomidan jami 6 ta jang o'rin olgan bo'lib, anderkard maqomidagi jangda yarimog'ir vazn toifasi vakillari - Jeyk Pol va Neyt Robinson ringga ko'tarilishadi.
Asosiy kard:
Yarimog'ir vazn, 79,38 kg: Jeyk Pol (AQSH) — Neyt Robinson (AQSH)
Yarimog'ir vazn, 79,38 kg: Badu Jek (SHveciya) — Bleyk Makkernan (AQSH)
Og'ir vazn, 90,72 kg: Viddal Rayli (Buyuk Britaniya) — Rashad Koulter (AQSH)
Prelium kard:
Engil vazn, 61,23 kg: Jameyn Ortis (AQSH) — Naxir Olbrayt (AQSH)
Yarimengil vazn, 57,15 kg: Irvin Gonsales (AQSH) — Edvard Vaskesa (AQSH)
Og'ir vazn, 90,72 kg: Juzeppe Kusumano (AQSH) — Nik Jons (AQSH)
Malumot uchun, 51 yoshli Roy Jons prof ringda 75 ta jang o'tkazib, 66 g'alaba va 9 mag'lubiyat qayd etgan. 54 yoshli Mayk Tayson 58 ta jangning 50 tasida zafar quchgan.
Fikrlar