26 noy 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson - Roy Jons jangida nokautga ruxsat berildi
Tayson - Jons o'rtasidagi jang tashkilotchisi Rayan Kavananing xabar qilishicha, ushbu jangda nokautga ruxsat berishdi.
Avvalroq Kaliforniya sport komissiyasi ushbu bahsda nokautga ruxsat bermaganini malum qilgandi.
"Nokautga ruxsat berishdi. Biz nokautlar bo'lmaydi degan gap-so'zlarni eshitdik. Ammo bunga ruxsat bor. Agar qon chiqsa ham jang davom etaveradi", - dedi Kavana.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 29 noyabr tongida o'tkaziladi. Bahs sakkiz raunddan iborat bo'ladi. Har bir raund ikki daqiqadan davom etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar