12 noy 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson - Roy Jons jangini qaysi kanal ko'rsatishi malum
Xabaringiz bor, 28 noyabr kuni Kaliforniyada intiqlik bilan kutilayotgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Ushbu boks kechasida ikki afsonaviy jahon chempionlari - Mayk Tayson hamda Roy Jons o'zaro ringda to'qnash kelishadi. Ko'rgazmali xarakterdagi jang Rossiyaning REN TV telekanalida jonli efirda translyaciya qilinadi. Jang 8 raundga mo'ljalangan bo'lib, g'olib bokschi maxsus kamarni qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, 51 yoshli Roy Jons prof ringda 75 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 66 tasida g'alaba qozongan. Hisobida 9 mag'lubiyat bor. 53 yashar Tayson esa 58 ta jangining 50 tasida zafar quchgan. Mayk so'nggi jangini 2005 yili o'tkazgan bo'lib, Brayan Makbraydga yutqazib qo'ygan. Roy Jons esa 2018 yilda Skott Sigmonni mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Fikrlar