16 dek 13:28
Yangiliklar

Mayk Tayson Usik - Fyuri revansh jangida kimga muxlislik qilishini aytdi
21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida superog'ir vaznda ukrainalik jahon chempioni Aleksandr Usik hamda britaniyalik sobiq WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o'rtasida revansh jangi o'tkaziladi.
"Usik — superog'ir vazn toifasining ayni paytdagi eng kuchli jangchisi. Lekin men Fyuriga muxlislik qilaman. Umid qilamanki, u bu jangda g'alaba qozonadi. Nega? CHunki men uning muxlisiman. Uning otasi esa unga mening ismimni qo'ygan. Uni bu holatda tashlab qo'ymayman", — deya Taysonning so'zlarini keltiradi talkSPORT portali.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o'rtasidagi ilk jang shu yilning 18 may kuni o'tkazilib, unda Usik hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Fikrlar