23 apr 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Taysondan kaltak egan muxlis ikki marta qamalgan ekan
Bundan bir necha kun oldin sobiq bokschi Mayk Tayson samolyotga yo'lovchini urgandi.
Malum bo'lishicha, kaltak egan yo'lovchi 36 yoshli Melvin Taunsend ekan. Bungacha u firibgarlik, yirik miqdordagi o'g'rilik, taqiqlangan buyumlar sotish aybi bilan ikki marotaba qamalgan ekan.
Voqea 20 aprel kuni bo'lgandi. San-Franciskodan Floridaga yo'l olayotgan Tayson muxlislari bilan suratga tushgan. Uning ortida o'tirgan yigit esa turli gaplar bilan Taysonning asabiga tega boshlagan. Mayk undan o'zini bosib olishini so'ragan. So'zlari foyda bermaganidan keyin esa Tayson uni bir necha marotaba urgan.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar