29 noy 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl Baffer Jons - Tayson jangi natijasini elon qilmadi. Nega?
Boks afsonalari - Mayk Tayson va Roy Jons o'rtasidagi ko'rgazmali jangning durang natija bilan yakunlangani haqida xabar bergan edik.
Jang natijasidan norozi bo'lgan Temir Mayk intervyu yakuniga etmay turib zalni tark etgandi. Aslida jang natijasini afsonaviy ring anonseri, konferanse Maykl Baffer elon qilishi kerak edi.
Aftidan 76 yoshli Baffer ham yakuniy natijadan norozi bo'lgan ko'rinadi. Uning o'rniga Tayson va Jonsdan intervyu olgan jurnalist bu vazifani bajardi, yani u jang natijasini elon qildi.
Malumot uchun, Baffer o'zining mashhur «Let's get ready to rumble» jumlasi bilan mashhurlikka erishgan.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar