28 sen 10:45
Yangiliklar
Maykl Bisping: "Fergyusson - “yovvoyi"
O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bisping 17 dekabr kuni UFC 296 turnirida bo'lib o'tadigan Peddi Pimblett va Toni Fergyusson o'rtasidagi bo'lajak jangga muxlislarning munosabatidan hayratda qoldi.
"Nega hamma bunday munosabat bildirayotganini tushunmayapman. Peddiga munosib raqib kerak. Fergyusson - “yovvoyi”. U oxirigacha kurashadi va hech qachon taslim bo'lish haqida o'ylaymaydi. Ha, Toni allaqachon 39 yoshda, biroq u hamon xavfli, Pimblett uchun ushbu jang oson bo'lmaydi", - deydi sobiq sportchi.
Peddining oxirgi jangi Jared Gordonga qarshi 2022 yilning dekabrida UFC 282 musobaqsida bo'lib o'tgan. O'shanda u hakamlarning qarori bilan raqibidan ustun kelgan. Toni esa so'nggi jangini shu yilning iyul oyida Bobbi Gringa qarshi o'tkazib, uchunchi raundda texnik nokautga uchragandi.
Fikrlar