03 apr 13:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl CHendler Fergyusonning mag'lubiyatli seriyasi haqida: "U dunyoning eng yaxshilariga yutqazdi"
Maykl CHendler UFC 274 turnirida jang qiladigan raqibi Toni Fergyuson haqida gapirdi.
CHendlerning fikricha, ketma-ket uchta mag'lubiyat Fergyusonni yomon jangchiga aylantirmaydi.
"Men uning so'nggi natijalari u tezligini yo'qotganligini ko'rsatadi, deb aytardim. Siz aytib o'tgan o'sha yigitlar, CHarlz Oliveyra, Jastin Getji, Beneil Dariush - dunyodagi eng yaxshi jangchilar. O'ylaymanki, divizionning kuchli 5 yoki 7 taligidagi har birimiz istalgan kechada istalgan odam bilan jang qilib, jahon chempioni bo'lishimiz mumkin. Bu vazndagilarning darajasi shu qadar yaqin", - dedi sportchi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar