24 dek 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendler: “Xabib ko'p janglarida engilmas ko'rinardi"
Maykl CHendler Xabib Nurmagomedovning nafaqaga chiqishi UFC engil vazn toifasiga qanday tasir qilgani haqida gapirdi.
«Avvaliga Xabibning ketishi tufayli bizning divizionimiz gullab-yashnaydimi yoki yo'q bo'lib ketishi aniq emas edi. Bu odam nimaga erishdi... Barcha janglarida mag'lubiyatsiz qoldi va engilmasdek ko'rindi. U janglarda deyarli xato qilmadi. U nafaqaga chiqqanida, bir muncha vaqt u haqiqatan ham faoliyatini yakunlaganiga ishonchimiz komil emas edi, chunki bir necha oy davomida Dana Uayt uni qaytishga ko'ndirishga urindi va bu to'g'ri bo'ldi. Men Xabib nimaga erishganini va u qanday engil vazn toifasida chempion bo'lganini yomonlashmoqchi emasman. Ammo engil vazn toifasi avvallari qanchalik raqobatbardosh va ajoyib bo'lgan bo'lsa, shu ruhda davom etmoqda», - dedi CHendler.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar