11 sen 18:08
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA, Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Maykl Felps: "Men MakGregorni 50 metrlik "fora" bilan ham mag'lub eta olaman"
Ko'p karra Olimpiada chempioni, rekordchisi Maykl Felps agar suzish bo'yicha bahs o'tkaziladigan bo'lsa MakGregorga 50 metr "fora" berishga tayyor ekanligini malum qildi.
			"U bilan bir-birimizga qarab turgan suratimizni barcha "repost" qildi. Bu hazil edi. Agar u suzish bo'yicha bahslashmoqchi bo'lsa men qarshi emasman. U bilan musobaqalashishga tayyorman.
Agar bu bir yildan so'ng o'tkaziladigan bo'lsa men mashg'ulotlar o'tkazib, 48 soniyalik natija qayd etishim mumkin. U esa bir daqiqada ham suzib kela olmasa kerak. SHuning uchun uni 50 metrlik "fora" bilan ham mag'lubiyatga uchrata olaman", - deydi Felps.
            Havola            :         
                    Manba                : The National
            
			
Fikrlar