04 fev 19:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl Morales: "Islam Maxachevni hurmat qilmayman"
Yarim o'rta vazn toifasida UFC kamari uchun davogar ekvadorlik jangchi Maykl Morales vaznning rossiyalik amaldagi chempioni Islam Maxachev haqida gapirdi.
"Intervyu berayotgan paytim uni sahna ortida ko'rib qoldim. Bo'y va qo'l uzunligi borasida oramizda juda katta farq bor. Men Islamni hurmat qilmayman. U ham men kabi oddiy odam. Faqatgina boshqalar uni ko'kka ko'tarayotgani uchun men ham uni yuksakka ko'tarmoqchi emasman", deydi Morales.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar