19 may 17:10
Yangiliklar

MBAning ikki Konferenciyasida finalchilar aniqlandi, amaldagi chempionni to'xtatishdi
G'arbiy konferenciyada "Oklaxoma Siti Tander" jamoasi "Denver Naggets" klubidan murosasiz kechgan 7 o'yinlik seriya yakunlariga ko'ra 4:3 hisobida ustun keldi. Boshqa bir bahsda "Minnesota Timbervulvz" jamoasi "Golden Steyt Uorriorz" to'sig'idan qiyinchiliksiz o'tdi - 4:1.
SHarqiy konferenciyada esa kutilmaganda "Indiana Peysers" jamoasi favorit sanalgan "Klivlend Kavalers" jamoasini mag'lub etishi uchun atigi 5 ta o'yin etarli bo'ldi - 4:1. "Nyu York Niks" jamoasi esa amaldagi MBA chempioni "Boston Seltiks"ni 6 ta o'yinda mag'lub etdi - 4:2.
SHu tariqa G'arbiy konferenciya finalida "Oklaxoma Siti Tander" jamoasi "Minnesota Timbervulvz"ga, SHarqiy konferenciyada esa "Indiana Peysers" klubii "Nyu York Niks"ga qarshi bahs olib boradi. Ikki konferenciya g'oliblari MBA finaliga yo'llanma olishadi.
Fikrlar