01 iyu 08:11
Yangiliklar
Futbol
Mbappe Franciyaning yirik g'alabasidan so'ng fikr bildirdi
Franciya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH-2026 1/16 finalida SHveciya ustidan qozonilgan g'alaba (3:0)si haqida to'xtaldi.
Ushbu o'yinda Mbappe dubl qayd etdi.
"Men nima uchun o'ynayotganimni, qaerda ekanimni va zimmamda qanday masuliyat borligini yaxshi tushunaman. Jamoa bu erdagi vazifalarini aniq biladi. Yangi bosqich boshlanmoqda. Bugun o'yinni ishonchli o'tkazdik, garchi boshlanishi qiyin kechgan bo'lsa-da. Biz uchrashuvga kirishib ketdik va golga aylanishi mumkin bo'lgan vaziyatlar yaratdik. Mening vazifam — kiyinish xonasidagi muhitni nazorat qilishdir", — deya Mbappening so'zlarini keltiradi "RMC Sport".

Havola :
Fikrlar