27 fev 18:48
Yangiliklar
Futbol
Mbappe shartnomani uzaytiradi yoki PSJ uni yozda sotib yuboradi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya birinchiligida 150 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldi.
L’Équipe nashrining yozishicha, futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Unda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bandi mavjud va Mbappe yaqin to'rt oyda uni ishga solinishiga rozi bo'ladimi yoki yo'q, qaror qilishi zarur.
Yaqin haftalarda PSJ rahbarlari Mbappeni qolishga ko'ndirish uchun barcha ishni qiladi. Agar Kilian shartnoma muddatini uzaytirishga rozi bo'lmasa, PSJ uni keyin tekinga qo'ldan chiqarmaslik uchun 2023 yil yozida sotib yuborishga majbur bo'ladi.
Takidlanishicha, PSJ uchun Mbappe bilan muzokaralar, Lionel Messi masalasidan ham muhimroq hisoblanadi.
Bu mavsum 24 yoshli hujumchi hisobida PSJ safidagi 29 o'yinda 29 ta gol va 7 ta golli uzatma mavjud.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar