05 avg 09:39
Yangiliklar

MDH o'yinlari: Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Kun davomida ko'plab sportchilarimiz bahslarga kirishadi.
O'zbekistonlik sportchilarning 5 avgust kungi ishtiroki:
Gandbol (Brest shahri): Belarus - O'zbekiston (Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi)
Yunon-rim kurashi (Soligorsk shahri): 55, 60, 63, 67, 72, 77, 82, 87, 97, 130 kg vazn toifalarida saralash va final bellashuvlari (soat 13:00da saralash, 20:00da final bloki boshlanadi)
Dzyudo (Gomel shahri): o'smirlar - 50, -55, -60, -66 kg, qizlar - 40, -44, -48, -52 kg (soat 12:00da saralash, 18:00da final blogi boshlanadi)
Engil atletika (Minsk shahri): ko'pkurash (60 metr to'siqlarosha yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish), shuningdek 60 va 300 metrga saralash hamda 1/2 final bahslari o'tkaziladi (bahslar soat 11:00dan boshlanadi)
Plyaj voleyboli (Molodechno shahri): Erkaklar terma jamoamiz guruh bosqichidagi dastlabki o'yinda ishtirok etadi (bahslar soat 11:00da boshlanadi)
Plyaj futboli (Minsk): O'zbekiston - O'mon uchrashuvi soat 16:00da boshlanadi
Og'ir atletika (Grodno shahri): Qizlar 3 ta - 45, 49, 55 kg, yigitlar esa 55 kg vazn toifasida supachaga chiqadi (bahslar soat 13:00da boshlanadi)
Badiiy gimnastika (Minsk): Sportchilar individual va guruh mashqlarida musobaqani davom ettirishadi (bahslar soat 16:00da boshlanadi)
Fikrlar