18 iyu 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men doimo qirol bo'lganman". Jons va Ngannu nimalar haqida gaplashgani malum bo'ldi
UFCning sobiq chempioni Frensis Ngannu va hozirgi chempion Jon Jons o'tgan hafta PFL tomonidan tashkil etilgan turnirda uchrashib qolishdi.
"U bosim his qilmoqda", - deya izoh bilan suhbat videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi Jons.
Frensis: "Demak, qachon biz tashkil etamiz, Jonni? (kuladi). Faqat hurmat"
Jon: "Faqat hurmat".
Frensis: "Bizga bu jang amalga oshishi kerak. Men va PFL, sen esa UFCda. Kel, o'rtada uchrashamiz".
Jon: "Frensis, bu senga kerak emasligini bilasan".
Frensis: "Men barchasiga tayyorman. Sen ham tayyorligimni bilasan. Men seni hurmat qilaman. Lekin jangga tayyorman".
Jon: "Men doim qirol bo'lganman. Boshlaganimdan buyon qirolman va shundayligimcha o'laman".
Frensis: "Sen o'z divizioningda. Superog'ir vaznda men qirolman".
Jon: "Ko'ramiz".
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar