19 jan 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men eng kuchli pancherman". Joshua Ngannuga murojaat qildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Frensis Ngannu bilan jang haqida gapirdi.
"Uning qo'llari menikidan uzun. U katta, lekin odamlar menga past baho berishmoqda. Jangchilar shunchaki chiqib, menga bosim o'tkazish mumkin deb o'ylashadi.
Ngannu atrofidagi shov-shuvlarga qaramay, u baribir mening mahoratim bilan to'qnashishi kerak bo'ladi. U jang qilishni biladigan odamga qarshi chiqadi. Men eng kuchli pancherman. Odamlarni sindiraman. Vallinning burni va ko'z kosasini sindirdim. Xeleniusni safdan chiqardim. Apprekotim bilan Dillian Uaytning faoliyatini barbod qildim. Bu ro'yxatni davom ettirish mumkin. Mana nima uchun bizning jangimiz qiziqarli", - dedi Joshua.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar