19 jan 19:00
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men esa belimni jarohatlab olgandim" - Merab Dvalishvili Umar Nurmegomedovning jarohatiga munosabat bildirdi
Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedovga qarshi jang oldidan belida jarohat bo'lgani haqida gapirdi.
"Umarning qo'li singanmi? Eshitib oling, men mashg'ulotlar vaqtida belimdan jarohat olgandim. Mening umurtqam singandi, bazida esa umuman o'rnimdan tura olmay qoldim. Ammo baribir jangga tayyorgarlik ko'rdim, bahona izlamadim. Buni noto'g'ri deb hisoblayman.
Bu haqida nimadir deya olmayman. Uning qo'lini kim sindirdi?", - dedi Merab Dvalishvili.
Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan UFC 311 turnirida Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedovni ochkolar evaziga mag'lub etdi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar