26 may 17:17
Yangiliklar
"Men nima bo'layotganini aniq bilaman" - Dana Uayt va Ngannu kelishmovchiligi
Frensis Ngannu PFL promoushenining direktorlar kengashida muhim rol o'ynaydi, shuningdek u endilikda PFL’ning Afrika bo'limi rahbari ham hisoblanadi. Malumki, Ngannuning o'ziga homiylar topishiga ruxsat berilgan va afrikalik sportchining jamoasi tarkibidagi har bir shaxs 2 million dollardan oladi.
Frensis o'z kuchini boksda sinab ko'rmoqchi bo'lganligi sababli 2024 yilda PFL'da debyut qilishi kutilmoqda.
UFC prezidenti Dana Uayt UFC Vegas 73 matbuot anjunmani chog'ida bu yangilikka munosabat bildirdi: "Kelishuv haqida bilganlarimga asoslanib gapiradigan bo'lsam, mening sharhim bemanidek tuyulishi mumkin. Yigitga bir yil jang qilmasligi uchun pul to'laysiz va oradan 14 oy o'tib ketadi. Oxirgi uch yilda u uch marta jang qilgan. Bu biz UFC’da qiladigan ish emas. U bilan ajrashgan kunimiz nima bo'lishini aniq bilardim. Ngannu Jon Jons bilan bo'lajak potencial jangda tavakkal qilishni istamaydi".
Uaytning fikrlariga qo'shilasizmi?
Fikrlar