22 iyu 10:18
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men o'zimni eng zo'riman deb o'ylamayman". Usik o'zini nega tarixdagi eng zo'r deb hisoblamasligini tushuntirdi
Superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik o'zini nega eng zo'rlardan deb hisoblamasligini izohladi.
— Matbuot anjumanida o'zingizni tarixdagi eng zo'r bokschilar qatoriga qo'shmasligingizni aytdingiz. Nega?
— Bilmayman. Balki, men uchun birinchi o'rinda Iso Masih turgani uchun shundaydir. Agar sen o'zingni ko'klarga ko'tarsang, Yaratgan senga ehtiyot bo'lish kerakligini eslatadi. Men eng zo'rlardan emasman, — dedi Usik Mail Sport Boxing’ga intervyusida.
Havola :
Manba : Mail Sport Boxing
Fikrlar