23 may 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men tayyorman, ochko'z baqaloq" - Aleksandr Usik Fyuri bilan trilogiya haqida gapirdi
Superog'ir vazn chempioni Aleksandr Usik Tayson Fyuriga qarshi uchinchi jangni o'tkazishga tayyorligini bildirdi.
"Ha, men buni tushunaman [Fyurining nafaqada qola olmasligini]. Sen shuncha yil boks bilan yashab, nafas olsang, buni shunchaki tashlab qo'yish juda qiyin. Tayson aynan shunday inson, uning xarakteri kuchli. Bu uning birinchi marta ketishi ham, birinchi marta qaytishi ham emas. Men buni tushunaman. Lekin kimdir qaytsa, u haqiqatan ham tayyor bo'lishi kerak. Men tayyorman, Ochko'z baqaloq. Va seni sog'indim, do'stim. O'zing yaxshimisan?" — dedi Usik The Ring jurnaliga.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar