04 dek 17:55
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men Xabibni er tishlatishga hammadan ham yaqin kelganman"
Braziliyalik UFC jangchisi Rafael Dos Anos 2014 yil Xabib Nurmagomedov bilan jangda g'alabaga juda yaqin kelganini esladi.
Jangda ochkolar hisobiga Nurmagomedov g'alaba qozongan edi.
"Xabib unda Konor yoki Pore bilan jangga qiziqish yo'qligini, ularni o'z vaqtida bo'g'ib qo'yganini aytdi. Lekin u meni bo'g'a olmagan.
Aslida men uni bo'g'ib qo'yishga yaqin kelganman, biroq u qutilib qolgan edi. To'g'ri, u meni halol yutgan. Lekin, men Xabibni er tishlatishga hammadan ham yaqin kelganman.
Islam Maxachev bilan jangimiz menga bog'liq bo'lmagan sabab tufayli amalga oshmadi. Agar Xabib qaytsa va meni tanlasa men nimaga qodirligimni ko'rsataman", - deb yozdi Rafael Dos Anos o'z Instagram sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/rdosanjosmma
Fikrlar