06 okt 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men yanada tezroq va kuchliroq bo'laman". Usik Entoni Joshua bilan revansh haqida
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan ikkinchi jangda yanada yaxshiroq bo'lishga vada berdi.
Birinchi uchrashuv hakamlarning qaroriga ko'ra Usikning ishonchli g'alabasi bilan yakunlangan edi.
"Keyingi safar mening chiqishim yanada yorqinroq bo'ladi. Men o'zimda hech qanday kishanni his qilmayman, umid qilamanki, revansh jangida bundan ham tezroq va kuchliroq bo'laman. Hattoki, siz o'z vazifangizni bajarganga o'xshasangiz ham, bundan ham yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin va sizning imkoniyatlaringiz tugamasligi aniq. Buning uchun faqat intizom, shuhratparastlik va ishlash istagi kerak", - dedi Usik DAZN telekanaliga bergan intervyuda.
Avvalroq, Vladimir Klichkoning sobiq murabbiyi Usik - Joshua jangini kelishuvli jang deb atagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar