31 mar 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Menejer Dmitriy Bivol nega Rossiyada jang qilishini tushuntirdi
Jahon chempioni Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov rossiyalik bokschining germaniyalik Mixael Ayfertga qarshi jangi anonsiga munosabat bildirdi.
Ushbu bahs 30 may kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tadi.
"Rejaga ko'ra, Ayfertga qarshi jangda barcha kamarlar o'rtaga qo'yiladi. Bu ham muhim jihat — katta kamarlar uchun janglar Rossiyaga qaytayotgani ahamiyatli.
Biz turli variantlarni ko'rib chiqdik — Misr, AQSH, Germaniya va Qirg'iziston. Lekin hozir barcha jihatdan eng yaxshi shartlar aynan hamkorlarimiz tomonidan taklif qilindi. Hammaga maqul keladigan kelishuvga oson erishdik. Dmitriy Rossiyada jang qiladi — bu ajoyib. Jang tomoshabop bo'ladi va yuqori darajada o'tadi, deb o'ylayman", — dedi Kornilov.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar